"Inter" MYU hujumchisini tarkibiga qo'shib olishga yaqin

Mirjalol Normatov
6 iyun 2025
"Inter" Rasmus Xoylund bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan.

"La Gazzetta dello Sport" ma'lumotiga ko'ra, Milan klubi yangi mavsum oldidan yosh va o'zini ko'rsatishni istaydigan 3 futbolchi: himoyachi, yarim himoyachi va hujumchini tarkibiga qo'shib olishni reja qilgan.

Bu yo'lda "Manchester Yunayted" hujumchisi asosiy maqsad qilib olingan. Daniyalik futbolchining o'zi A Seriyaga qaytishga tayyor, biroq buning uchun klublar kelishib olishlari kerak. "Inter"dagilar futbolchini sotib olish huquqi bilan ijaraga olish ishlarini olib bormoqda.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: La Gazzetta dello Sport