

Bu haqda jurnalist Fabricio Romanoning X ijtimoiy tarmog'idagi akkaunti xabar berdi.
Insayder ma'lumotlariga ko'ra, braziliyalik yarim himoyachi MLS klubiga o'tishga tayyor, lekin unga Yevropa va Saudiya Arabistonidan ham takliflar bor. Avvalroq matbuotda braziliyalikka "Los-Andjeles Gelaksi" va "Al Ittihod" klublari qiziqish bildirgani haqida xabarlar chiqqan edi.
Kazemiro 2022 yil yozidan beri "Manchester Yunayted"da o'ynamoqda. Joriy mavsumda yarim himoyachi mankunianlar safida barcha turnirlarda 30 ta o'yin o'tkazib, 7 ta gol urdi va 2 ta golli pas berdi.



