"Inter Mayami" futbolchisi Messi jamoadoshlariga qanday yordam berayotgani haqida gapirdi

Aziz Tukhtamuradov
11 avg 2023, 09:20
"Inter Mayami" yarim himoyachisi Robert Teylor Lionel Messi jamoadoshlariga nafaqat natija, balki boshqa tomonlama ham yordam berayotgani haqida gapirdi.

"Messi uch raqib pressing uyushtirgan paytda ham to'pni ushlab tura oladi. Shu tariqa, bizda maydonda ko'proq bo'sh zona paydo bo'ladi. Messi shuningdek qiyin to'pni osonga aylantira oladi. Pas bazida noqulay tarzda yetib boradi, ammo Leo to'pni muammosiz qabul qila oladi", - dedi Teylor. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: The Wall Street Journal