

A Seriya jamoasi shartnomasi mavsum so'nggida yakunlanadigan 36 yoshli futbolchini yana bir yil tarkibida saqlab qolmoqchi.
Jeko "Inter"da 2021 yilning yozidan beri o'ynaydi. U joriy mavsum jamoa tarkibida barcha musobaqalarda 18ta o'yinda maydonga tushib, 6ta gol va 3ta assist qayd etdi.
Transfermarkt forvardni 4 million evroga baholamoqda.



