"Inter" dushanba kuni "Torino" himoyachisi Bremerning xaridi borasida kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda

Alisher
16 iyul 2022
"Inter" "Torino" himoyachisi Gleyson Bremerning xaridiga yaqin.

Jurnalist Fabricio Romanoning xabariga ko'ra, "neradzurri" rahbariyati dushanba kuni transfer bitimini yopish va futbolchining tibbiy ko'rik vaqtini kelishish uchun Turin klubi vakillari va 25 yoshli braziliyalik bilan uchrashadi.

"Inter" Matteys de Ligt ketsa, "Yuventus" bilan kurashdan qochish uchun Bremer bilan imkon qadar tezroq shartnoma imzolashga urinmoqda.

Bremer o'tgan mavsum "Torino" safida 33ta o'yinda maydonga tushib, 3ta gol va 1ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano