"Inter" "Chelsi" xavbeki Kante bilan shartnoma imzolashga umid qilmoqda

Alisher
15 avg 2020
Milan klubi yarim himoyachi Ngolo Kantega mavsumlar oralig'idagi bosh transfer maqsadi sifatida qaramoqda.

"Aristokratlar" esa 29 yoshli fransiyalik futbolchi borasida bo'ladigan takliflarni ko'rib chiqishga tayyorliklarini bildirishgan.

Bundan tashqari, "Inter" bosh murabbiyi Antonio Konte Londondagi faoliyati paytida Kante bilan ishlagan va u ham Ngoloni jamoada ko'rmoqchi.

Transfermarkt ma'lumotlariga ko'ra, Ngolo Kantening transfer narxi 80 million evroni tashkil etadi.


AlisherMuallif
Manba: Gazzetta dello Sport