

Mashhur insayder Fabricio Romano xabariga ko'ra, joriy mavsumda Saudiya chempionatida atigi ikki uchrashuvda maydonga tushgan portugaliyalik futbolchi Yevropaga qaytish variantlarini ko'rib chiqmoqda.
Futbolchi uchun asosiy davogar sifatida Milanning "Inter" klubi ko'rilmoqda. "Neradzurrilar" Kanseluni ijara asosida tarkibga qo'shib olish bo'yicha to'g'ridan-to'g'ri muzokaralar olib bormoqda. "Barselona" ham himoyachiga qiziqish bildirmoqda, biroq kataloniyaliklar uchun ehtimoliy transfer moliyaviy feyr-pley qoidalariga rioya etilishiga bog'liq bo'ladi. Shuningdek, futbolchining agenti Jorje Mendesh "Yuventus" bilan ham aloqaga chiqqan.



