Ikrom Aliboev: "Terma jamoaga chaqiruvdan bexabarman. To'liq tayyor bo'lmaganimda, 90 daqiqa o'ynay olmasdim"

Оқил Абдубарноев
3 may 2026, 22:47
"Neftchi" yarim himoyachisi Ikrom Aliboev OKMKga qarshi o'yin haqida fikr bildirdi.

– O'yin haqida...

– O'yin qiziq bo'ldi. Bejizga turning markaziy o'yini deyilmagandi. Bugungi ob-havo o'yin soat 17:00 da boshlanishiga qaramay, juda yaxshi edi. Faqat yomg'ir biroz xalaqit qildi. Umuman olganda esa, bugungi o'yin juda chiroyli, qiziqarli va tomoshabop o'tdi, deb o'ylayman. Imkoniyatlar ko'p bo'ldi. Ayniqsa, bizda vaziyatlar etarlicha edi, ammo ulardan foydalana olmadik.

– Terma jamoaning o'quv yig'inlari 5-sanadan boshlanadi. Siz bu yig'inga chaqiruv oldingizmi? Har holda, bizga kelgan ma'lumotlarga qaraganda, chaqiruv kelgan bo'lishi kerak.

– To'g'risi, bundan umuman xabarim yo'q. Klubga xat kelgan bo'lsa ham, men hali bexabarman.

– O'rtada jarohat olib, ikkita o'yinda qatnasha olmay qoldingiz. Hozirgi holatingiz qanday?

– Agar yuz foiz tayyor bo'lmaganimda, 90 daqiqa o'ynay olmasdim. O'tgan o'yinda to'liq 90 daqiqa harakat qildim. Bu esa o'yinga yuz foiz tayyor ekanimni bildiradi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: Championat.asia