Husniddin Nishonov: "Hozir faqatgina jismoniy holatimiz va himoyamizni yaxshilash haqida o'ylamoqdamiz"

Абдулвосит Бектемиров
21 iyul 2024
O'zbekiston futzal terma jamoasi a'zosi Husniddin Nishonov Qirg'iz Respublikasiga qarshi kechgan bahsdan so'ng (3:1) o'yin haqidagi fikrlari bilan bo'lishdi.

- Bugungi o'yinda ancha erkin o'ynadingiz. Bu bosh murabbiyning topshirig'i edimi?

- Ha. Biz hozirgi kunda ko'proq o'zimizning himoyamiz ustida ko'proq ishlamoqdamiz. Yaxshi himoyalansak, to'g'ri hujum qila olamiz. Jahon chempionatiga qadar ham himoya chizig'imizni yaxshilash ustida bosh qotiramiz.

- Bugungi g'alabadan so'ng yigitlarning kayfiyati qanday?

- Kayfiyat ajoyib. Muxlislar kelib bizni qo'llab quvvatlashmoqda. Mirabror Usmonov xotira turniri biz uchun Jahon chempionatigacha yaxshi tayyorgarlik bo'lib beradi. Gvatemalaga qarshi so'ngi uchrashuvda yanada yaxshiroq harakat qilishga intilamiz. Bu safar Gvatemalani mag'lub etishimiz shart.

- Jahon chempionatiga qadar yana qaysidir jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari o'tkazilishi rejalashtirilganmi?

- Menda bu haqda hech qanday ma'lumotga ega emasman, to'g'risi. Biz hozir faqat jismoniy holatimiz va himoyamiz haqida qayg' urmoqdamiz. Mehnat qilishda davom etishimiz kerak.

- Bugungi xet-trikni kimga bag'ishlaysiz?

- Oilamga va bugungi uchrashuvga tashrif buyurgan muxlislarga.




Абдулвосит БектемировMuallif
Manba: championat.asia