Holand, Mbeumo, Timber va boshqalar: APLda oy futbolchisi aniqlanmoqda

Sherzod Nurmatov
30 okt 2025, 19:01
Bu haqda APL rasmiy sayti xabar berdi.

Angliya Premer-ligasida oktyabr oyining eng yaxshi o'yinchisi nominaciyasiga nomzod futbolchilar ro'yxati e'lon qilindi.

Ro'yxatga quyidagi futbolchilar kiritildi:

Metti Kesh ("Aston Villa"), Bruno Gimaraes ("Nyukasl"), Erling Holand ("Manchester Siti"), Junior Krupi ("Bornmut"), Brayan Mbeumo ("Manchester Yunayted"), Nordi Mukiele ("Sanderlend"), Igor Tyago ("Brentford") va Yurrien Timber ("Arsenal"). 

G'olib so'rovnoma orqali muxlislar va ekspertlar tomonidan aniqlanadi. Avgust oyida mukofot "Everton" a'zosi Jek Grilishga, sentyabrda esa Erling Holandga nasib etgan edi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: premierleague.com