

Uchrashuvning 30-daqiqasida italiyalik yarim himoyachi o'ziga maydondan kelayotgan to'pni tiz cho'kkan holda boshi bilan o'z darvozaboniga uzatib bergandi.
“Futbolchi bu vaziyatda o'yin qoidasini buzdi. Darvozabon to'pga egalik qildimi yo'qmi, bu keyingi masala. Veratti o'yin qoidasini buzdi.
Bu sportchiga xos bo'lmagan hatti-harakat. Men darrov hushtak chalmadim, ammo u o'yin qoidasini buzganiga shubham yo'q edi.
Albatta, bu futbolda uchraydigan kamdan-kam holatlardan biri. Bunday holatlar izoh talab etadi. Ammo hakamlar aynan shunaqa holatlar uchun ham hakam. Biz bunday holatlarga tayyormiz”, deydi Amel.




