Gvardiola va Lyov Hawk-Eye tizimini Bundesligada ishlatishini qo'llab-quvvatladi

Aslanov Jasurbek
6 dek 2014
"Bavariya" bosh murabbiyi va Germaniya terma jamoasi ustozi Yoaxim Lyov gol bo'lganini aniqlovchi tizmini Bundesligada qo'llash g'oyasiga qarshi emas.

15ta klub vakillari Hawk-Eye tizimiga rozi bo'lishgan. Shunday qilib gol aniqlash tizimi 2015/16 yilgi mavsumdan Bundesligada qo'llana boshlaydi.

"Bu yaxshi qaror, men bunga roziman. Golni aniqlash uchun bir soniya etarli bo'ladi. Bu hakamlarga ham yordam beradi va hech qanday shubha bo'lmaydi" - deydi Gvardiola.

"Katta bahslarga sabab bo'lgan hakamlarning shubhali qarorlari ko'p bo'lgan, shu sababli bu tizim barchaga yordam beradi" - deydi Lyov.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: championat.com