Gvardiola: "Mourinyo haq, ammo "Manchester Yunayted"ga hurmatsizlik qilganimiz yo'q"

Aslanov Jasurbek
20 avg 2018, 14:03
"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Mourinyoning so'zlariga izoh berdi.

Portugaliyalik mutaxassis "Manchester Siti" haqida olingan "Hammasi yoki hech narsa" hujjatli filmi borasida fikr bildirayotib, "boy klub bo'lib, dunyoning eng kuchli futbolchilarini sotib olish mumkin, ammo saviyani xarid qilishning iloji" yo'q dedi.

Film davomida "shaharliklar"ning "Old Trafford"dagi g'alabasidan so'ng quyidagi so'zlar aytiladi: "Yana Mourinyoga qarshi Gvardiola, to'pga egalik qilishga qarshi - himoya, hujumkor futbolga qarshi - "avtobus".

"Mourinyo haq, chunki saviyani sotib olib bo'lmaydi. Biz hurmatsizlik qilganimiz yo'q. Mavsum ajoyib o'tdi, hamma joyda kameralar bor edi, buning barchasini o'zimiz uchun qildik. "Manchester Siti" bu mavsum ham sovrinlar yutmoqchi. Bu Mourinyoning fikri, u kimgadir yoqishi yoki yoqmasligi mumkin" - deydi Gvardiola.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca