

"Agar atrofimizda yaxshi muhit bo'lmaganida, men bu yerda 10 yil ishlamasdim, hatto barcha sovrinlarni yutganimda ham. Men hali ham katta energiya his qilaman va dam olish kuni ishga kelishdan zavq olaman. Ilhomlantirgan narsa shuki, Gyundogan "Barselona"dan qaytib kelib: "Man Siti - bu top, top", degani. Agar shunday deyishsa, demak biz to'g'ri yo'lda ekanmiz. Shuning uchun ham biz 12-14 yildan beri doimiy ravishda Chempionlar Ligasida o'ynaymiz. Shuning uchun ham doimiy titul uchun kurashamiz - klub taktika, tizim, tarkib va murabbiylar shtabida barqaror. Bu odamlar o'zini qulay his qiladigan muhit", - dedi Gvardiola The Guardian nashriga.



