

Misrlik futbolchi "Liverpul"dagi so'nggi mavsumini o'tkazmoqda.
"U meni boshim og'rishiga sabab bo'lardi. U barcha manoda afsona va u mening ulkan hurmatimga loyiq", - dedi Gvardiola .
Muhammad Saloh 2017 yildan buyon "Liverpul"da o'ynaydi. Shu davrda 33 yoshli hujumchi barcha turnirlarda 440 ta o'yinda maydonga tushib, 257 ta gol urdi va 122 ta golli uzatma berdi. Uning klub bilan shartnomasi 2027 yil yozigacha mo'ljallangan.



