Grizmann hech qachon terma jamoaga qaytmasligini bildirdi

Sherzod Nurmatov
8 noya 2024
Fransiya terma jamoasining sobiq hujumchisi Antuan Grizmann termaga boshqa qaytmasligini qatiy ohangda ta'kidladi.

"Hammasi tugagan, men qaytmayman. Bu impulsiv qaror emasdi", – dedi Grizmann.

Eslatib o'tamiz, Antuan Grizmann bu yil Evro-2024dan so'ng terma jamoadagi faoliyatini yakunlagandi. U terma libosida 137 o'yin o'tkazib, 44 ta gol urgan.

Eslatib o'tamiz, Fransiya terma jamoasi Millatlar Ligasining 2024/25 yilgi mavsumida 14 noyabr, payshanba kuni Isroil terma jamoasiga, 17 noyabr, yakshanba kuni esa Italiya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Canal Plus