"G'ijduvon" Birinchi ligada ishtirok etmaydi. Sababi ham ma'lum

Narzulla Saydullayev
14 mar 2024
Bu haqda klub 13 mart kuni PFLga rasmiy xat yo'lladi.

Unda jamoa homiysi “Buxoro Agroklaster” MCHJ moliyaviy tomondan murakkab ahvolda ekanligi va bu o'z navbatida "G'ijduvon"ga ta’sir qilayotgani bayon qilingan.

"G'ijduvon" klubiga joriy yilning 17 yanvar sanasida O'FA tegishli qo'mitasi tomonidan transfer taqiqi qo'yilgan. U 10 yanvar sanasiga qadar barcha qarzdorlikni bartaraf etish masalasini hal qila olmadi. Klub PFLga yo'llagan xatida ayni vaqtda 600 million so'mdan ziyod qarzdorlik mavjud ekanligini ko'rsatgan. Uni bartaraf etish va qo'shimchasiga yangi mavsumda ishtirok etish imkonsiz hisoblanadi.

"G'ijduvon" 2013 yildan buyon Liga musobaqalarida ishtirok etib kelayotgandi. Klub o'z xatida 2024 yil tanaffusga chiqib, 2025 yildan musobaqalarga qaytmoqchi ekanligini ma'lum qilgan. Biroq bu qanday asoslarga ko'ra amalga oshirilishi mumkinligi PFL uchun katta jumboq hisoblanadi.


"Yangier" Birinchi Ligada o'ynamaydi        


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: pfl.uz