Giggz: "Muxlislar "Manchester Yunayted"ni qo'llab-quvvatlashi kerak"

Aslanov Jasurbek
29 avg 2018, 20:14
"Manchester Yunayted" sobiq yarim himoyachisi Rayan Giggz Joze Mourinyo iste'foga chiqsa "qizil iblislar"ni boshqarishi mumkinligi haqidagi ma'lumotni rad etdi.

"MYU bosh murabbiyi bo'lishimga pul tikmoqchimisiz? Sizning o'rningizda pullarimni saqlab turgan bo'lardim. Hozir birlashib, jamoani qo'llab-quvvatlash kerak. "Manchester Yunayted" og'ir damlarni boshidan o'tkazmoqda, ammo bunday vaziyatlar avval ham bo'lgan, jamoa ularni engib o'tgan.

"Byornli" bilan bahs - barcha negativdan qutilib olish uchun ajoyib imkoniyat. MYU muxlisi sifatida ushbu og'ir damlardan o'tib olamiz deb umid qilaman" - deydi Giggz.

Ayni damda Giggz Uels terma jamoasi bosh murabbiyi hisoblanadi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ESPN