Germaniyada stadionlarga 25 minggacha tomoshabin kiritilishiga ruhsat berildi. "Bavariya" uchun esa - 20 ming

Aslanov Jasurbek
6 iyul 2021, 23:32
Germaniya stadionlarga muxlislar kiritilishi bo'yicha cheklovlarni kamaytirdi.

Endilikda, stadionlarga umumiy sig'imning 50% miqdorida muxlislar kiritilishi mumkin. Ammo, bu raqam 25 ming tomoshabindan oshmasligi lozim. "Bavariya" klubi uchun esa bu ko'rsatkich 20 ming (35%) tomoshabinni tashkil qiladi. Bunga sabab, ushbu mintaqadagi koronavirus bilan bog'liq vaziyatning biroz jiddiyroq ekanligida. Stadionga faqat vakcina qabul qilgan yoki PZR-test natijasi manfiy chiqqan muxlislar kiritiladi.

Eslatib o'tamiz, yaqindagina Britaniya bosh vaziri Boris Jonson ham stadionlarga muxlislarni kiritilishi borasidagi ijobiy qarorini e'lon qilgandi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Kicker