Germaniya termasi vingeri faoliyatini APLda davom ettiradi

Omonjon To`xtamirzayev
13 avg 2024
"Maync" yarim himoyachisi Brayan Gruda faoliyatini "Brayton"da davom ettiradi.

Tomonlar bu transfer borasida to'liq kelishuvga erishgan, deb xabar bermoqda Fabricio Romano. 

"Maync" vingeri sotuvidan 30 mln evro ishlab olishi kutilmoqda.

Qayd etib o'tamiz, Brayan Bundesliganing o'tgan mavsumida 28 o'yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 3 ta golli uzatma etkazib bergan.

Eslatib o'tamiz, Germaniyaning turli yosh toifalaridagi termalarida harakat qilgan Brayan Gruda milliy termaga ham chaqirilgan, ammo hozircha debyut qilish nasib qilmagan.

 


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Фабрицио Романо