Gamper Kubogi-2023. “Barselona” “Tottenxem”ni qiyinchilik bilan mag'lub etdi

Alisher
9 avg 2023
Ananaviy tarzda tashkil etiladigan Gamper Kubogining bu yilgi final uchrashuvida “Barselona” “Tottenxem”ga qarshi bahs olib bordi.

Bitta o'yinlik kubokda “Barselona” raqibini 4:2 hisobida mag'lub etdi va tarixida 46 marta chempionlikni qo'lga kiritdi.

Gamper Kubogi-2023 | Barselona, Ispaniya 

“Barselona” Ispaniya – “Tottenxem” Angliya – 4:2 (1:2)

Gollar: 1:0 – Levandovski (3), 1:1 – Skipp (24), 1:2 – Skipp (36), 2:2 – Ferran Torres (81), 3:2 – Fati (90), 4:2 – Abde (93).

“Barselona”: ter Stegen (Penya, 61), Balde (Alonso, 61), Arauxo (Roberto, 32), Erik Garsiya (Yamal, 80), Kunde, Frenki de Yong, Romeu (Marin, 80), Gavi (Fati, 61), Pedri (Gyundogan, 61), Rafinya (Abde, 61), Levandovski (Torres, 61).

"Tottenxem": Vikario, Porro, Dayer, Sanches, Regilon, Skipp (Devayn, 72), Bissuma (Sarr, 88), Lo Chelso, Solomon, Perishich (Spens, 72), Risharlison (Skartlett, 76).


AlisherMuallif
Manba: championat.com