

Klub Rafaga 2021/2022 yilgi mavsumda Skudettoni va 2024 yilda Italiya Superkubogini qo'lga kiritishga hissa qo'shgan va etti mavsum davomida "rossoneri" libosida ko'rsatgan professionalligi va sadoqati uchun minnatdorchilik bildiradi. Rafaga shaxsiy va professional hayotida, faoliyatining yangi bosqichida eng yaxshi tilaklarni tilaymiz”, - deyiladi "Milan" bayonotida.
Leau 2019 yilda "Lill"dan "Milan"ga o'tdi. Hujumchi ushbu davrda barcha musobaqalarda 291 ta o'yinda qatnashib, 80 ta gol va 65 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portalida taqdim etilgan ma'lumotlarga ko'ra, 27 yoshli futbolchining bozor qiymati 50 million evroni tashkil etadi.



