"Manchester Siti" va "Manchester Yunayted" nemis yarim himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

6 sen 2026, 14:34
Dortmundning "Borussiya" klubi yarim himoyachisi Feliks Nmecha Angliya Premer-ligasi klublari orasida talabga ega.

Manbaga ko'ra, 25 yoshli futbolchini "Manchester Siti”, "Manchester Yunayted" va "Nyukasl" o'z safiga qo'shib olmoqchi. Nemis futbolchisining transfer narxi 55 million evroni tashkil etadi. U 2030 yil iyun oyi oxirigacha "asalarilar" bilan mehnat majburiyatlari bilan bog'langan.

Germaniya chempionatining joriy mavsumida Feliks ikkita o'yin o'tkazdi.

Bundesliganing ikki turidan so'ng "Borussiya" olti ochko bilan ikkinchi o'rinni egallab turibdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: x.com/Ekremkonur