Futzal. O'zbekiston Kubogi yarim finaliga qur'a tashlandi. Oliy liga va 1-liga chempionlari o'zaro bellashadi

Sherzod Nurmatov
2 iyun 2022, 21:28
Bugun "Yunusobod" sport majmuasida chorak final o'yinlari o'tkazildi.

Unda "Lokomotiv", "Paxtakor", BMB va "Jizzax-Kenteks" raqiblaridan ustun kelib, yarim final yo'llanmasini qo'lga kiritdi. Uchrashuvlar nihoyasiga etgach, yarim finalga qur'a tashlash marosimi o'tkazildi. 

Shunday qilib, Oliy liga g'olibi "Jizzax-Kenteks" Birinchi liga chempioni BMB bilan ro'baro' kelsa, "Paxtakor" "Lokomotiv" bilan to'qnash keladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: championat.asia