Futzal. Osiyo kubogining saralash o'yinlari Qirg'izistonda o'tkaziladi

Mirjalol Normatov
30 dek 2021, 10:45
OFK 2022-yil Quvaytda bo'lib o'tadigan futzal bo'yicha Osiyo kubogi saralash bosqichining (Markaziy va Janubiy zona) o'zida qabul qiladigan mamlakat nomini e'lon qildi.

Unga ko'ra saralash bahslari Qirg'iz Respublikasida o'tkaziladi.

Ma'lumot o'rnida, O'zbekiston futzal milliy terma jamoasi Eron bilan birgalikda 1-savatchadan joy olgan.

Vakillarimiz Markaziy va Janubiy zona saralashida ishtirok etishadi, bahslar 2022 yilning 1-15 aprel kunlari o'tkaziladi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: ЎФА матбуот хизмати