

"Kuchli to'rtlik haqida gapiraverish ham kerak emas. Ammo hozirda jadvalda tepamiz va pastimizga qarab, ishlarni yo'lga qo'yadigan vaqt emas. O'z o'yinimiz ustida ishlab, ishonchni qaytarishimiz kerak.
Men biror bir futbolchi atrofida o'yinni quraman demaganman. Biroq tajribali futbolchilar hozirda barcha muammolarni hal qilishini sezyapman.
Klubning kelajagi sifatida ko'rilayotgan futbolchilarni maydonga tashlamaslik mening qarorim. Iloji boricha yoshi katta va tajribali futbolchilar barcha mas'uliyatni o'z bo'yniga olishi kerak", - dedi Yungberg.



