

Kirish so'zi (Fabio Kannavaro): Barchaga salom. Biz tayyorgarlik ko'rdik, bu o'yinga tayyorlanish uchun bizda biroz ko'proq vaqt bo'ldi. Ammo bu o'yin oldidan menda oldingisiga qaraganda ko'proq xavotir bor. Chunki Eronga qarshi o'ynaganingizda, garchi bu o'rtoqlik uchrashuvi bo'lsa ham, motivaciya o'z-o'zidan paydo bo'ladi. Ertaga biz Suriya bilan o'ynaymiz. Bu juda intensiv va qiyin o'yin bo'ladi, biz har bir o'yinda o'zimizning mentalitetimiz va falsafamizni ko'rsatishimiz kerak. Jamoada hammasi joyida, faqat Rasuldan tashqari - unda muammo yuzaga keldi va u ertaga maydonga tusha olmaydi. Qolgan hammasi a'lo darajada.
- Eronga qarshi o'yinda biz optimal tarkibda maydonga tushdik, deyish mumkin. Ertaga Suriyaga qarshi o'yinda asosiy tarkibda o'ynamagan futbolchilarga imkoniyat beriladimi? Umuman olganda, yondashuvingiz qanday bo'ladi?
- Ha, balki kimnidir almashtirarmiz, chunki biz Koreyaga uchishimizni ham o'ylashimiz kerak, u yerda yana bir o'yinimiz bor. Bundan tashqari, har bir kishiga o'ynab ko'rish, o'z daqiqalariga ega bo'lish va ushbu guruhning bir qismi ekanligini his qilish imkoniyatini berish foydali deb hisoblayman.
- Abduvohid Ne'matovning holati qanday, u ertangi o'yinga tayyormi?
- Ne'matovga kelsak, mashg'ulotda u barmog'ida muammo sezdi. Nima bo'lganini aniq bilmayman, lekin ertaga ertalab tibbiy shtab bilan gaplashgandan keyin qaror qabul qilamiz. Ertangi o'yin uchun tarkibni ham ertaga ko'ramiz.
- Osiyo o'yinlarida ishtirok etayotgan futbolchilar Koreyaga boradimi, reja qanday?
- 23 yoshgacha bo'lgan terma jamoadan futbolchilarni jalb qilishga harakat qilamiz. Albatta, balki ulardan kimgadir dam olish kerak bo'lar, bu vaziyatga bog'liq, bu bo'yicha qarorni o'zim qabul qilaman.
- So'nggi intervyularingizdan birida: Men eng ko'p xohlaydigan narsa – futbolchilar jurnalistlar bilan muloqot qilmasligi, degandingiz. Shu fikringizga biroz oydinlik kirita olasizmi: jurnalistlar umuman futbolchilar bilan gaplashmasligi kerakmi - mikst-zonada, mashg'ulotdan oldin, undan keyin yoki intervyu paytida?
- Yigitlar, kelinglar o'yinlar haqida o'ylaylik. Nega sizni o'yinlarning o'zi emas, ko'proq bunday narsalar qiziqtiradi? Tushunmayman, nima uchun biz doimo futboldan boshqa istalgan narsani muhokama qilish uchun sabab izlaymiz. Meni tashvishga soladigan yagona narsa - bu futbol. Futbolchilar atrofidagi boshqa barcha futbolga xos bo'lmagan vaziyatlarni tinch qo'ying va iltimos, futbol haqida o'ylang.
- Siz terma jamoaga kelganingizdan beri ko'p narsa o'zgardi, jamoaning umumiy rivojlanishi va o'sishi haqida tez-tez gapirasiz. Ammo bir narsa hozircha o'smayotgandek tuyuladi - bu raqiblarning darajasi. Suriya bilan bog'liq vaziyat tushunarli, ular o'yini bekor qilingan jamoani o'rnini egalladi. Lekin biz Eron bilan emas, boshqa kuchliroq raqiblar bilan o'rtoqlik o'yinlari o'tkaza olamizmi? Eron bilan siz kelguningizcha ham doim o'ynab kelganmiz, bundan hamma charchadi. Top terma jamoalar bilan o'ynashni xohlardik va sizni davringizda bu jihat ham o'sishi kerak...
- Biz harakat qilyapmiz.
- Biz tarixda birinchi marta Eron terma jamoasini mag'lub etdik, bu yaxshi natija. Ayting-chi, Eron ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng, terma jamoa o'yinida yana qanday kamchiliklar ko'zga tashlandi?
- Biz ko'p narsalarni yaxshilashimiz kerak. Afsuski, biz har kuni birga bo'lmaymiz, lekin ko'p jihatdan o'sishimiz kerak. Biz o'yinni ko'rib chiqdik va men futbolchilarga qayerda kuchayishimiz kerakligini ko'rsatdim. Bazida biz voqealarni juda tezlashtirib, individual tarzda echim topishga harakat qilamiz. Bazida esa biz shunchaki to'pni Eldorga beramiz, chunki uning eng yaxshi ekanini bilamiz, hatto u uchta raqib orasida bo'lganida ham. Men ularga bazida orqaga qaytib, hujumni boshidan, noldan boshlash mumkinligini tushuntirishga harakat qildim. Biz chiziqlar orasidagi bo'sh hududlarni topishga harakat qilyapmiz. Lekin bizga ko'proq sabr kerak. Hammasi sekin bo'ladi. Shunday holatlardan keyin gol uryapmiz, endi xotirjam bo'lishimiz kerak. Goldan keyin biz ko'proq xatolarga yo'l qo'yyapmiz. Shuningdek, biz tez-tez o'yinning dastlabki 20 daqiqasida gol o'tkazib yuboryapmiz. Bu o'yinning juda muhim qismi. Biz Eron bilan o'yinni ko'rib chiqdik va yigitlarga qayerda yaxshiroq o'ynashimiz mumkinligini tushuntirdim.
- Ko'pchilik terma jamoalarda uzoq vaqt davomida asosiy hisoblangan darvozabon bo'ladi. Germaniyada bu Noyer, Ispaniyada Simon. Bizda shunday darvozabon Yusupov edi. Endi u terma jamoada yo'q, Ne'matovni uzoq yillar davomida birinchi raqamli bo'ladi deb hisoblash mumkinmi?
- Siz Ispaniya haqida gapiryapsiz. Ularda bosh murabbiy jamoani anchadan beri boshqarib keladi. Men yaqinda keldik, men ham kuzatyapman va tahlil qilyapman. Ne'matov hozir jarohat olgan. Olimpiya terma jamoasida yana bir yaxshi darvozabonimiz bor. Biz hammaga imkoniyat beramiz.
- Ertangi o'yin oldidan Suriya terma jamoasining qanday kuchli tomonlarini takidlay olasiz?
- Bu yaxshi jamoa. Ular ertaga bizga bo'sh zonalarni bermay, maksimal darajada zich (kompakt) o'ynashadi. O'yin qiyin bo'ladi. Biz o'yinni yaxshi boshlashimiz va nazorat qilishimiz kerak. Xalqaro o'yinlar bu - xalqaro o'yinlar.
- Siz U17 terma jamoasi darvozaboni Ibrohim Shokirovni terma jamoa mashg'ulotiga chaqirdingiz. Bu nima bilan bog'liq?
- Mashg'ulotlarda bizga bir o'yinchi yetishmayotgan edi. Shu sababli men bir darvozabon so'radim va ular Shokirovni chaqirishdi



