

Ravshan Haydarov shogirdlari Xitoyga qarshi maydonga tushadi. Osiyo o'yinlari oldidan so'nggi tayyorgarlik bahsi yopiq eshiklar ortida o'tkaziladi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 14:00 da start oladi.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston U-23 terma jamoamiz Osiyo o'yinlarining "C" guruhidan o'rin olgan bo'lib, Filippin, Kuvayt va Vetnamga qarshi bahs olib boradi. Turnirdagi ilk uchrashuv 15 sentyabr kuni Filippinga qarshi bo'lib o'tadi.



