

Britaniyaning mashhur FourFourTwo nashri bugungi kundagi FIFA reytingi bo'yicha eng yuqorida turgan 48 jamoani taxminiy JCH-2026ga olib chiqdi.
Ma'lumki O'zbekiston terma jamoasi FIFA reytingida 62-o'rinda, Osiyo qitasida esa 6-pog'onada bormoqda. Xabaringiz bor, 2026 yilgi mundialga Osiyodan 8,5ta jamoa yo'llanma olishi aytilmoqda.
Taxminiy mundial mezboni AQSH deb tanlandi. O'zbekiston terma jamoasi esa Polsha va Tunis terma jamoalari bilan "J" guruhidan o'rin oldi.
Albatta bularning bari FourFourTwo nashrining taxminlari xolos.




