

Rimliklar ushbu o'yinda ishonchli hisobda g'alabaga erishishdi. O'yinning 7-daqiqasida Doniell Malen Neil El Aynauining uzatmasini golga aylantirdi. 45+1 daqiqada esa o'yinchilar joy almashib olishdi, bu safar Malen El Aynauining goliga assistentlik qildi.
“Roma” A Seriyada 34 o'yindan so'ng 61 ochko bilan jadvalda beshinchi, “Bolonya” esa 48 ochko bilan sakkizinchi o'rinda bormoqda.





