Fofana “Chelsi” bilan necha yillik shartnoma imzolashi ma'lum

Eldor Akmurzayev
27 avg 2022
Avvalroq, “Chelsi” “Lester” himoyachisi Uesli Fofananing transferiga 75 mln funt sarflashi xabar qilingandi.

Insayder Fabricio Romanoning xabar berishicha, 21 yoshli futbolchi “aristokratlar” bilan 2028 yil iyunigacha shartnoma imzolaydi. Kelishuv amalga oshishidagi asosiy omil esa Fofaning londonliklar safida o'ynash orzusi ekanligi aytilmoqda.

Francuz yangi klubida haftasiga 200 ming funt ishlaydi. U 2020 yildan beri “tulkilar” sharafini himoya qiladi. Bundan oldin esa u “Sent-Eten”da o'ynagan.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano