Fletcher "Manchester Yunayted" U-18 bosh murabbiyi etib tayinlandi

Sherzod Nurmatov
15 iyul 2025
Jamoa sobiq futbolchisi Darren Fletcher "Manchester Yunayted" U-18 jamoasini boshqarishi e'lon qilindi.

"Men bu yangi roldan va yosh futbolchilarimizni rivojlantirishdagi mas'uliyatim kengayib borayotganidan juda xursandman.

"Men bunday iqtidorli guruh bilan ishlashdan mamnunman. Ularga o'z salohiyatini ro'yobga chiqarish va yuqori darajaga chiqishga ko'maklashishni intizorlik bilan kutyapman", - dedi Fletcher.

Fletcher - MYU tarbiyalanuvchisi. U 2002 yildan 2015 yilgacha "qizil iblislar"ning asosiy jamoasida o'ynagan.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: manutd.com