

"O'yin davomida ustunlik bizning jamoa tomonida bo'ldi. Ko'plab imkoniyatlarga ega chiqdik. Afsuski, ulardan foydalana olmadik. O'ylashimcha, biz 2 ochko yo'qotdik.

To'g'ri, birinchi penaltini men amalga oshirdim. Keyingisida unga yaqinlashganimda jamoamiz yosh futbolchisi gol urishni istayotgani va uni oila a'zolariga bag'ishlamoqchi ekanini aytdi. Shu sabab 11 metrli jarim to'pini unga ishonib topshirdim.
Moliyaviy tomondan bizda hech qanday muammo yo'q. Rahbariyat barcha maosh va mukofot pullarimni berib bormoqda", – dedi Asadov.



