"Real" "Liverpul” yarim himoyachisini o'z safiga qo'shib olishi mumkin

9 avg 2026, 22:34
27 yoshli argentinalik yarim himoyachi Aleksis Makallister faoliyatini "Real"da davom ettirishi mumkin.

Manbalarning takidlashicha, futbolchining o'zi Madrid klubiga o'tishni afzal ko'rmoqda. Takidlanishicha, Makallister "Liverpul"ga jamoani tark etish haqida xabar bergan. Mersisaydliklar uni 70 million evroga sotishga tayyor.

Makallister 2023 yilda "Brayton"dan "Liverpul"ga o'tgan. Futbolchi o'tgan mavsum klub safida 54 ta o'yin o'tkazib, 5 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

O'xshash yangiliklar


Manba: CaughtOffside