FIFA reytingi. Noyabr oyida Saudiya Arabistonidan o'tib ketamiz

Khoja
16 okt 2024, 10:02
O'zbekiston terma jamoasining Eron va BAAga qarshi ijobiy natijalari FIFA reytingiga o'z ta’sirini ko'rsatadi.

Terma jamoamiz noyabr oyida FIFA reytingida uch pog'ona ko'tariladi va dunyoning 57-raqamli jamoasiga aylanadi.

Shu tariqa, termamiz FIFA reytingida Saudiya Arabistonidan o'tib kyetib, Osiyoning 6-raqamli termasiga aylanadi.

Eslatib o'tamiz, terma jamoamiz JCH-2026 saralash bahslarining 4-turidan so'ng 10 ochko to'plagan holda Eron bilan birgalikda guruhni boshqarishmoqda.


KhojaMuallif
Manba: FIFA.com