

2023 yilning oktyabrida Saudiya Arabistoni turnirga mezbonlik qilish uchun ariza yuborgan edi. FIFA mamlakat JCH-2034 uchun yagona da'vogar ekanligini tasdiqladi.
FIFA turnir o'tkazishni istayotgan mamlakatning arizasiga baho bergan hisobotni e'lon qildi.
Saudiya Arabistoni maksimal olish mumkin bo'lgan 500dan 419,8 ball to'pladi - bu jahon chempionatlari tarixidagi eng yuqori natija.
FIFA hisobotida, shuningdek, "inson huquqlari bilan bog'liq potencial xavflarga" tegishli e'tibor qaratish zarurligi aytilgan.



