

FIFA JCH-2026 o'yinlarini qabul qiluvchi stadionlardan barcha homiylik logotiplarini olib tashlashni talab qildi. The Athletic nashrining xabar berishicha, stadionlar va FIFA o'rtasida imzolangan shartnomaga ko'ra, tribunalar, tablolar, o'rindiqlar, xodimlar formasi, ruxsatnomalar va arena ichidagi istalgan joyda FIFA bilan kelishilmagan reklamalar bo'lmasligi kerak. Xalqaro futbol federatsiyasi buni "o'z brendlari va homiylarining eksklyuziv huquqlarini himoya qilish" maqsadida amalga oshirmoqda. Takidlanishicha, bu talab stadionlarning tomidagi logotiplarga ham taalluqli.
Bir necha oy davomida stadion operatorlari FIFA va uchinchi tomonlar bilan echim izlash bo'yicha muzokaralar olib borishdi. Hozirda JCH-2026 bahslari o'tkaziladigan 11 ta NFL stadionlarining bazilari hali ham tomdagi logotiplar masalasida echim topa olishmayapti – xususan, Atlantadagi "Mersedes-Benc Stedium". Bir yarim yillik muhokamalardan so'ng, FIFA ushbu stadion uchun istisno qilishga rozi bo'lgani aytilmoqda. Chunki arena suriladigan tomdagi "Mersedes-Benc" logotipini jiddiy shikast etkazmasdan yopish yo'lini topa olmagan. Bunda translyatsiyachilar stadionni havodan tasvirga olishdan voz kechishiga to'g'ri kelishi mumkin.
Avvalroq bir nechta stadionlar bilan muzokaralar davomida translyatsiya vaqtida tomoshabinlar uchun logotiplarni virtual ko'rsatish maqsadida kompyuter grafikasidan foydalanish imkoniyati ham muhokama qilingan edi. Biroq, o'tgan yozda FIFA vakili Sports Business jurnaliga ushbu texnologiya stadionlarni havodan tasvirga olishda to'liq ishlash uchun "etarlicha rivojlanmaganini" ma'lum qilgan.



