FIFA "Ferenc Pushkash" mukofotini yutishi mumkin bo'lgan yakuniy 3 ta da'vogarni ma'lum qildi

Sherzod Nurmatov
4 yanv 2022, 20:15
Yilning eng chiroyli golini urgan futbolchiga topshiriladigan sovrin uchun da'vogarlik qilayotgan 3 futbolchi nomi e'lon qilindi.

Kengaytirilgan ro'yxatda 11 nafar nomzod bor edi. Ulardan 3 tasi ajratib olindi.

Demak, 2021 yilning eng chiroyli goli sovrini uchun da'vogarlar uchligi:

Erik Lamela, "Arsenal" - "Tottenxem" (APL, 14 mart);

Patrik Shik, Chexiya – Shotlandiya (Evro-2020, 14 iyun);

Mehdi Taremi, "Chelsi" - "Portu" (Chempionlar ligasi, 13 aprel).

Ferenc Pushkash nomidagi mukofot g'olibi nomi 17 yanvar kuni FIFAning ananaviy taqdirlash marosimi vaqtida e'lon qilinadi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: fifa.com