Fevzi Davletov: "Buxorodagi stadion maydoni yomon bo'lgani uchun uzun paslar bilan o'ynadik"

Narzulla Saydullayev
30 noya 2025
"Buxoro" - "Surxon" (0:1) uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Fevzi Davletov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Qiyin o'yin bo'lishini kutgandik. Bu erda maydon sifati juda yomonligi bois biz uzun paslar bilan o'ynadik. Yigitlarga rahmat aytaman. Muxlislarni xursand qildik. Menimcha haqli g'alabaga erishdik. Bizni qo'llab turgan barcha muxlislarga rahmat aytaman. Mavsum uchun barcha futbolchilarga minnatdorchilik bildiraman va biz tatilga chiqdik," - dedi Fevzi Davletov. 


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia