Fernandino mavsum yakunlangach "Man Siti"ni tark etishini e'lon qildi

Narzulla Saydullayev
12 apr 2022
Futbolchi faoliyatini Braziliyada davom ettirishni rejalashtirgan.

"Manchester Siti" yarim himoyachisi Fernandino yozda klubni tark etadi. Bu haqida futbolchining o'zi ma'lum qildi.

"Keyingi mavsum ham "Siti"da bo'laman deb o'ylamayman. Maydonga tushishni, futbol o'ynashni xohlayman. Shu sabab ham Braziliyaga qaytaman. Bu qaror oilam bilan maslahatlashib qabul qilindi", -deydi Fernandino.

Ma'lumot uchun, Fernandino "Manchester Siti" tarkibida 13 ta sovrin yutgan. Ular orasida to'rtta APL chempionligi bor.


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia