Ferdinand "Chelsi"ga Aguero bilan shartnoma imzolashni maslahat bermoqda

Alisher
5 may 2021, 13:28
Angliya terma jamoasi va "Manchester Yunayted" sobiq futbolchisi Rio Ferdinand argentinalik forvard Serxio Aguero haqida gapirdi.

Hujumchining "Manchester Siti" bilan shartnomasi yozda yakuniga etadi.

"Serxioning faoliyatini APLda davom ettirishini xohlayman. "Chelsi" Aguero bilan shartnoma imzolash haqida o'ylashi kerak. Ikkilanish kerak emas.

Agar Xoland yoki yana qaysidir hujumchining bitimi amalga oshmasa, londonliklarga ushbu o'yinchi kerak", - deydi Ferdinand.

Eslatib o'tamiz, Aguero "shaharliklar" tarkibida 2011 yildan beri o'ynamoqda. 32 yoshli forvard joriy mavsum 10ta o'yinda maydonga tushib, 2ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: Rio Ferdinand Youtube