Fati "Monako"da oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. "Barsa"dan ijaraga olingan vinger 3 ta o'yinda 4 ta gol urdi

Alisher Ostonov
4 okt 2025, 12:22
Ansu Fati "Monako"da sentyabr oyining eng yaxshi futbolchisi deb topildi.

"Barselona"dan ijaraga olingan vinger uchta o'yinda to'rtta gol urib, oyning eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Ularning har birida futbolchi zaxiradan maydonga tushdi.

Uning "Mec" darvozasiga urgan goli (5:2) klub muxlislari tomonidan sentyabr oyining eng yaxshisi deb topildi.

O'xshash yangiliklar


Alisher OstonovMuallif
Manba: asmonaco.com