Falkao: "Mundialda "yangi Falkao"ni ko'rmadim. O'zbekistonga yana kelishni istayman"

Оқил Абдубарноев
4 okt 2024, 15:20
Futzal olami yulduzi, braziliyalik sobiq o'yinchi Falkao saytimizga intervyu berdi.

- Final haqida qanday fikrdasiz?

- Menimcha, barcha kutgan onlarga yetib keldik. Braziliya va Argentina o'rtasidagi o'yin mutlaqo o'zgacha yakun bo'ladi. Bu ikki jamoa futbolda ham, futzalda ham abadiy raqobatlashadi. Bunday o'yinda, bunday finalda o'ynash qanday baxt ekanligini tasavvur qilish qiyin.

- Umuman olganda, ushbu jahon chempionati qanday taassurot qoldirdi? Mundial davomida bo'lajak Falkaoni o'zingiz uchun kashf etdingizmi?

- Mazkur mundialda o'yin uslublari mutlaqo boshqacha, ko'proq jamoaviy o'yinga asoslangan uchrashuvlar o'tkazildi. Men Falkao (o'zini nazarda tutyapti) kabi individual mahoratga yondashadigan futzalchini ko'rmadim. Lekin jamoa uchun muhimi natija hisoblanadi.

- Braziliyada muntazam ravishda yetakchi futzalchilar yetishib, jamoaning har mundialda favorit hisoblanishiga sabab nima?

- Sababi, Braziliya juda kuchli ligaga ega, qolaversa, asosiy o'yinchilar butun dunyo bo'ylab grand klublarda to'p tepadi va bu jahon chempionatida namoyon bo'ladi. Shu bois, Braziliya har qanday musobaqaga favorit sifatida boradi.

- O'zbekiston mamlakati qanday taassurot qoldirdi?

- Bu mamlakat menga yoqdi. Aholisi muloyimtabiat va juda xushmuomala ekan. Qachondir bo' o'lkaga yana tashrif buyurishga umid qilaman.

Eslatib o'tamiz, Falkao to'rt marta dunyoning eng yaxshi futzalchisi deb topilgan. Shuningdek, u Braziliya tarkibida ikki karra jahon chempionligini qo'lga kiritgan.


Oqil Abdubarnoev suhbatlashdi.


Оқил АбдубарноевMuallif
Manba: championat.asia