Fabio Kannavaro: "Men tarkibga jalb etgan 40 nafar futbolchi menda iliq taassurot qoldirdi"

Sherzod Nurmatov
12 may 2026, 18:00
O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro jarohatda bo'lsa-da, yig'inga chaqirilgan futbolchilar haqida berilgan savolga javob berdi.

- Masharipov boshqa daraja va boshqa keys, biroq terma jamoada jarohatlangan boshqa futbolchilar Behruz Karimov, Abdulla Abdullaev va Husayn Norchaev haqida aytmoqchiman. Ular qaydnomadagi 40 o'rindan 3 tasini band qilishdi. Ularning o'rniga Superligadan kimnidir chaqirish varianti yo'qmidi? Bu ularga nisbatan adolatsizlik bo'lib qolmadimi? Masalan, Norchaevdan ko'ra Temurxo'ja Abduxoliqov o'zini yaxshi ko'rsatib kelayotgandi. Terma jamoa kasalxonaga aylanib qolayotgandek...

- Yo'q, kechirib qo'yasiz, bu kasalxona emas. Men sizni hurmat qilaman. Biroq bu fikringiz biroz noto'g'ri yangradi. Futbolchilar o'z ustida astoydil ishlamoqda va 3 mahal shug'ullanyapti. Yana bir karra aytaman, men tarkibga jalb etgan 40 nafar futbolchi meni ishontirdi va ularning o'yindagi harakatlari menda iliq taassurot qoldirdi.

11.jpg


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Championat.asia