Fabio Kannavaro: "Ha, biz xatolar qildik. Biroq men futbolchilardan umuman shikoyat qilmoqchi emasmas"

28 iyun 2026, 07:37
O'zbekiston MTJ bosh murabbiyi Fabio Kannavaro bugungi uchrashuv haqida fikr bildirdi.

"Bugun birinchi taymni juda ham yaxshi boshladik, ko'plab imkoniyatlarga ega bo'ldik. Ikkinchi bo'limda esa xatolar qila boshladik.

Bu musobaqa men uchun ham, futbolchilar uchun ham katta tajriba bo'ldi. O'ylaymanki bu kelajakda bizga katta motivaciya beradi.

Albatta futbolchilar bilan juda ko'p muloqot qildim. Guruhimizda ham kuchli jamoalarga qarshi o'ynashimiz kerakligini bilardik. Lekin ushbu natijadan afsusdamiz.

Ha, biz xatolar qildik. Biroq men futbolchilardan umuman shikoyat qilmoqchi emasman. Ular qo'lidan kelgan hammasini qildi va men ulardan faxrlanaman".

O'xshash yangiliklar


Manba: UzbekistanFA