

"Bu yerda bo'lish, dunyodagi eng muhim turnirlardan birida ishtirok etish – katta sharaf.
Dastlabki ikkita o'yin qiyin kechishini bilardim, lekin shuni ham bilamanki, agar biz bir jamoa bo'lib o'ynasak, Kongo ustidan g'alaba qozona olamiz.
Men ko'proq o'z e'tiborimni futbolchilarimga va o'zimga qaratganman. Bilasizmi, hayotim davomida ko'plab yaxshi ishlarni amalga oshirish nasib qildi. Asosiy maqsadim – futbolchilarim Jahon chempionatida aqalli bitta o'yinda bo'lsa ham g'alaba qozonish qanday ajoyib tuyg'u ekanligini his qilishlariga yordam berish", dedi 52 yoshli italiyalik mutaxassis.
Eslatib o'tamiz, O'zbekiston – Kongo DR uchrashuvi Toshkent vaqti bilan 28 iyun kuni soat 04:00 da boshlanadi.



