"Aston Villa" bosh murabbiyi Emeri: "APL - bizning eng ustuvor vazifamiz, Yevropa Ligasi ikkinchi o'rinda"

Sherzod Nurmatov
21 apr 2026, 11:30
"Aston Villa" bosh murabbiyi Unai Emeri jamoaning bu mavsumdagi asosiy maqsadlari haqida gapirdi.

"So'nggi ikkita Premer-liga o'yinimizda biz "Vest Xem" va "Sanderlend"ni mag'lub etdik. Mana bu to'g'ri yo'nalish. Premer-liga - bizning eng ustuvor vazifamiz, Yevropa Ligasi ikkinchi o'rinda turadi.

Yevropa Ligasida "Lill" va "Bolonya"ga qarshi ajoyib o'yinlar o'tkazdik. O'zimizga bo'lgan ishonchimiz qaytmoqda va o'zimizni yaxshi his qilyapmiz", – dedi Emeri.

"Aston Villa" APL jadvalida 58 ochko bilan to'rtinchi o'rinda bormoqda. Birmingem klubi Yevropa Ligasi yarim finaliga yo'l oldi va u yerda "Nottingem Forest" bilan to'qnash keladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: avfc.co.uk