

Bu haqda "beIN SPORTS" xabar bermoqda.
UEFAning 2014 yilda qabul qilgan qaroriga ko'ra, Yevropa Ligasi g'olibi keyingi mavsumda Chempionlar Ligasida ishtirok etish huquqini avtomatik ravishda qo'lga kiritadi.
Vengerning fikricha, futbol mutasaddilari bu haqda o'ylab, qarorni qayta ko'rib chiqishlari kerak.
"Ular avtomatik ravishda Chempionlar Ligasiga emas, Yevropa Ligasiga yo'llanma olishlari kerak. Ayniqsa, agar gap Chempionlar Ligasiga beshinchi o'rin bilan ham chiqishingiz mumkin bo'lgan APL haqida borsa. Boshqa tomondan, odamlar bu sovrin Yevropa Ligasiga ko'proq motivaciya va qiziqish uyg'otish uchun zarurligini aytishi mumkin", – dedi Venger.
Eslatib o'tamiz, APLda quyi ligaga tushib ketish zonasiga yaqin o'rinlarni egallab turgan "Tottenxem" va "Manchester Yunayted" ushbu mavsum Yevropa Ligasi finalida o'ynashi mumkin.
"Mail" xodimi Natan Solt EL so'nggi chempionlari ro'yxatini taqdim etdi:
23/24: "Atalanta" (chempionatda 4-o'rin)
22/23: "Sevilya" (12)
21/22: "Ayntraxt" (11)
20/21: "Vilyarreal" (7)



