Evra: "Pogba uchun imij hech qachon futboldan ustun bo'lmaydi deb umid qilaman"

Aslanov Jasurbek
4 apr 2017
"Manchester Yunayted" sobiq himoyachisi Patris Evra jamoa yarim himoyachisi Pol Pogbaning imijga katta e'tibor berayotgani borasida fikr bildirdi.

"Agar Pogba yomon o'ynasa, odamlar uni tanqid qilishadi, soch turmagi, ijtimoiy tarmoqlari haqida gapirishadi, ammo u o'zgarmaydi. Pogba uchun imij hech qachon futboldan muhimroq bo'lmaydi deb umid qilaman. U uchun havotir olayotganim yo'q, boshqa odamlar buni kutishmoqda va ular Polni Bekxem kabi tanqid qila olishadi.

MYUga o'tishdan oldin mendan nima qilish haqida so'radi. Agar u "Yuventus"ni MYU tufayli tark esta - bu to'g'ri ishligini aytganman. "Yuventus" - buyuk klub, Pogba qolsa hamma xursand bo'lardi, ammo Polga "Manchester Yunayted" u uchun katta imkoniyat dedim. Pogba menga xuddi ukamdek, unga faqat yaxshilik tilayman" - deydi Evra.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Goal