Eto'O: "Atletiko" "Barselona" bilan o'yinda – favorit"

Sherzod Nurmatov
2 okt 2021, 19:39
"Barselona" sobiq hujumchisi Samuel Eto'O "Barselona"ning La Liga 8-turi doirasidagi "Atletiko"ga qarshi o'yini oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

"Bu o'yin o'zini hali ham nimagadir qodir ekanini ko'rsatmoqchi bo'lgan futbolchilar uchun imkoniyat bo'lishi mumkin. Menimcha, "Atletiko" hozir chempionatning eng yaxshi jamoasi, shuning uchun ular - favorit, lekin "Barsa" doim "Barsa" bo'lib qoladi", – dedi Eto'O.

"Atletiko" bugun Toshkent vaqti bilan 23:59 da o'z maydonida "Barselona"ni qabul qiladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: Sport.es